Ushbu qoidalar UNITEL FINANCE SYSTEM (STIR: 635151853, H/R: 20206000190138496001) shlyuzi yordamida amalga oshirilgan to'lovlarni tizimdan qaytarish imkoniyatlarini bildiradi.
Bizning kompaniya to'lov tashkiloti sifatida foydalanuvchilar o'rtasida to'lovlarni xavfsiz va ishonchli tarzda amalga oshiradi. Foydalanuvchi do'kondan olgan mahsuloti yoxud xizmatidan norozi bo'lib to'lovni qaytarishni so'rasa, bu bevosita ushbu do'kon (Merchant) zimmasida. Muddati o'tgan yoki to'lanmagan invoice'lar avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Xaridor plastigidan yechilgan muvaffaqiyatli summani API orqali avtomatik rad etib bo'lmaydi. Bunday hollarda sotuvchi va xaridor o'zaro shartnomaga binoan kelishishadi.
Agar ma'lum bir do'konda firibgarlik borligi sezilsa, so'rovlarni o'z vaqtida tekshirish uchun darhol support@unitcore.uz pochtasiga xabar bering. Shubxali holatlarda tranzaksiyalar to'xtatilishi mumkin.